Xalqaro terroristik taşkilotlarga aloqadorligi uçun qidiruvda bölgan I.O. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan Özbekistonga olib kelindi.
Maʼlum bölişiça, I.O. 2014 yilning fevral oyida mavsumiy işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasiga boradi va Internet tarmoği orqali xalqaro terroristik taşkilotlar aʼzolari bilan aloqaga kirişadi.

Natijada ularning taʼsiri ostida I.O. yaşaş manziliga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi hamda rafiqasi bilan birga 2015 yilning mart oyida Ukraina orqali dastlab Turkiyaga, söngra Suriya hududiga ötib, IŞID xalqaro terroristik taşkiloti safiga qöşiladi.
Şu tariqa u 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi terroristik taşkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnaşadi.
Qayd etilişiça, u joriy yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oşirilişi kerak bölgan qöporuvçilik harakatida iştirok etişi lozim edi.
Hozirda I.O.ga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.









