Yaqindagina “Afrosiyob” elektropoyezdining uzoq kutilgan harakatlanuvçi tarkibi Toşkentga yetib keldi. Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg portidan yölga çiqqanligi haqida xabar bergan edik, u yerda poyezd şu yilning 16 sentyabrida Ispaniyaning Bilbao portidan kemada kelgan edi.
Xabaringiz bor, 2019 yilning iyun oyida “Özbekiston temir yöllari” AJ Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U kompaniyasi bilan Talgo-250 seriyali ikkita tezyurar elektropoyezd sotib oliş uçun şartnoma imzolangan edi.
Kelişuvlarga köra, bu yil oktyabr oyigaça “Özbekiston temir yöllari” AJ Lokomotiv parkini ikkita tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi bilan töldiriş kerak edi. Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.U.” kompaniyasi öz navbatida, öz majburiyatlarini töliq va öz vaqtida bajardi.
“Özbekiston temiryöllari” AJ axborot xizmati xabariga köra, uşbu harakatlanuvçi tarkib ketma-ket oltinçisi bölib, investitsiya loyihasi doirasida sotib olindi. Investitsiya loyihasiga köra, ikkita poyezddan taşqari, ispan kompaniyasi törtta zaxira ekonom-klassli vagonlar, şuningdek, poyezdlarga texnik xizmat körsatiş uçun uskunalar yetkazib beradi.
Şartnoma Ispaniya kompaniyalarini korporativ xalqarolaştiriş jamğarmasi (FIEM) krediti hisobidan moliyalaştiriladi.









