Namanganda Markaziy Osiyodagi yagona bölgan kartodrom qurildi

Namanganda Markaziy Osiyodagi yagona bölgan kartodrom qurildi

Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti tomonidan Namangan viloyati, Uçqörğon tumanida  jahon standartlariga töla mos keluvçi uç konfiguratsiyali kartodrom bunyod etildi. 

«Vatanparvar» taşkilotining texnik va amaliy sport turlari tarkibiga kiruvçi avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli ötkaziş orqali sport turizmi rivojlantiriladi. Uçqörğon tumanidagi öquv sport texnika klubi tasarrufidagi 1,70 gektar yer maydonida boşlangan quriliş işlari natijasida tez orada kartodromda hakamlar va tibbiyot xodimlari xonalari, öğil va qiz bolalar kiyiniş va yuviniş xonalari, kartinglarni taʼmirlaş ustaxonalari barpo etildi.

Mavjud 870 metrdan iborat kartodrom hududidan qöşimça 0.50 gektar yer maydoni sotib olinib, xalqaro talablarga javob beradigan umumiy uzunligi 1050 metr bölgan uç yönalişli (1-yönaliş 831 metr), (2-yönaliş 825 metr), (3- yönaliş 855 metr) yangi zamonaviy kartodrom qayta bunyod qilindi.

Yangi kartodromda respublika va xalqaro darajadagi sport musobaqalarini sifatli va tizimli ötkaziş, şuningdek, Namangan viloyatida sport turizmini rivojlantiriş maqsadida «Karting poygasi» böyiça viloyat hokimi kubogi uçun xalqaro musobaqa ötkazilişi közda tutilmoqda.

×