Qozoğiston poytaxtida bölib ötgan oçiliş marosimida Nursulton Nazarboyev qatnaşdi. Bu Elboşining sönggi 2 oyda ilk marta omma oldida çiqişidir.
“Prezident vakolatlarini topşirişimdan bir kun oldin uşbu masjidning tamal toşini qöyganman. Men musulmon sifatida masjid qurilişiga taşabbus körsatişni muqaddas burçim deb bildim. Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biridir”, - deydi Qozoğistonning birinçi prezidenti.
Elboşining sözlariga köra, yangi masjidning umumiy siğimi 235 ming kişini taşkil etadi. Qurilişga byudjetdan bir tenga ham sarflanmagan, barçasi sarmoyadorlar hisobidan.









