Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi “Tajen” (“Dovut ota”) nazorat-ötkaziş punkti orqali jismoniy şaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda 3,5 tonnagaça yuk taşuvçi transport vositalarining harakati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Qozoğiston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qömitasiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
“Bu qaror fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, şuningdek, nazorat punktida olib borilayotgan quriliş va rekonstruktsiya işlarini tezlaştiriş maqsadida qabul qilindi”, deyiladi qömita bayonotida.
Hozirda punkt hududida metall konstruktsiyalarni örnatiş, muhandislik tarmoqlarini yotqiziş va binolarni kapital taʼmirlaş işlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uçun, joriy yilning mayidan avgustigaça “QazAvtoJol” kompaniyasi “Tajen” (Qozoğiston) va “Dovut ota” (Özbekiston) nazorat punktlari örtasidagi neytral hududda avtomobil yölini quradi. Xuddi şunday işlar Özbekiston tomonidan ham amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Quriliş işlari davom etayotganligi sababli Qozoğiston rasmiy ravişda Özbekiston tomoniga çegara kesib ötişdagi çeklovlarni yana 4 oyga – 2025 yil 1 sentyabrgaça uzaytiriş taklifi bilan murojaat qilgan. Özbekiston bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan.
“Fuqarolardan safar va yönalişlarini rejalaştirişda uşbu maʼlumotni inobatga olişlarini söraymiz”, deyiladi qömita bayonotida.









