15 fevral kunidan Özbekiston-Qozoğiston çegarasidagi «Sirdaryo» va «S.Najimov» çegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinçalik töxtatiladi.
Diplomatik kanallar orqali Qozoğiston Respublikasidan kelib tuşgan xabarga köra, Qozoğiston Respublikasining «Qazigurt» («S.Najimov») va «Atameken» «Sirdaryo») ötkaziş punktlari rekonstruktsiya qilinişi munosabati bilan, joriy yilning 15 fevralidan uşbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk kötariş qobiliyati 3,5 tn.gaça bölgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruktsiya davrida vaqtinçalik töxtatiladi, deya xabar qilgan Davlat bojxona qömitasi.
Uşbu ötkaziş punktlari orqali faqatgina yuk kötariş vazni 3,5 tonnadan yuqori bölgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi.
Fuqarolar uşbu ötkaziş punktlariga muqobil sifatida iş tartibi kunu-tun bölgan «Ğiştköprik» va «Yallama» hamda iş tartibi kunning yoruğ vaqtida bölgan «Malik» va «Oq oltin» ötkaziş punktlari orqali harakatlanişlari mumkinligini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.









