Özbekiston va Qozoğiston Boş vazirlari nimalarga kelişib olişdi?

Özbekiston va Qozoğiston Boş vazirlari nimalarga kelişib olişdi?

Turkiston şahrida Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning XIX yiğilişi hamda Hududlararo hamkorlik III forumi bölib ötdi.

Oxirgi beş yil içida Özbekistonda Qozoğiston kapitali iştirokidagi korxonalar soni qariyb 6 barobar oşib, 1048 taga yetdi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi sönggi 4 yilda qariyb 60 foiz ösib, yiliga 3 milliard dollardan ziyodni taşkil etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning topşiriqlariga asosan Hukumatlar rahbarlari zimmasiga özaro tovar ayirboşlaş hajmini 2022 yilda 5 milliard dollarga, keyingi 5 yilda esa 10 milliard dollarga yetkaziş böyiça vazifa yuklatilgan.

Uşbu maqsadga erişiş uçun qöşma ulgurji tarqatiş markazlarini yaratiş loyihasini imkon qadar tezroq amalga oşiriş kerakligi belgilandi.

Şuningdek, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil sanoat, maşinasozlik, metallurgiya, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda yirik qöşma loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutuvçi «Yöl xaritasi»ni qabul qiliş muhim ahamiyatga ega.

Ikki davlat çegaradoş hududida taşkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (XSKM) mazkur yönalişdagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim nuqtaga aylanişi mumkin.

Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş ham ikki tomon uçun birdek manfaatlidir.

×