Ötgan yili Ğazoning Misr bilan çegara ötiş joyi Isroil tomonidan yopilgandi. Şu sababli sektorga gumanitar yordam kirişi tösib qöyilgan. Uşbu ötiş punkti kelasi hafta qayta oçilişi maʼlum qilindi. Bu haqda keça, 22 yanvar kuni Davosdagi “Tinçlik kengaşi”da söz bordi.
Qayd etilişiça, 2025 yil oktyabr oyida Tramp vositaçiligida erişilgan sulh doirasida bajarilmay qolgan asosiy masalalardan biri Ğazoning taşqi dunyo bilan boğlovçi asosiy darvozasi bölgan Rafah ötiş punktini qayta oçiş va falastinliklarning kirib-çiqişiga ruxsat beriş edi.
22 yanvar kuni Davosdagi “Tinçlik kengaşi”da Ğazodagi sulhni mustahkamlaşga qaratilgan qator rejalar körib çiqildi. AQŞ tomonidan Ğazoni boşqarişga masʼul etib tayinlangan Falastin texnokrat rahbari Ali Şaathning sözlariga köra, kengaşda çegarani oçişga tomonlar kelişib olgan.
“Rafah (çegara punkti nomi) ötiş punkti kelasi hafta har ikki yönalişda oçilişini eʼlon qilişdan mamnunman. Ğazo aholisi uçun Rafah şunçaki çegara emas—u hayot yöli va imkoniyatlar ramzidir”, deydi Ali Şaath.
Uning taʼkidlaşiça, Rafahning oçilişi Ğazoning endi faqat uruş bilan emas, balki kelajak bilan boğlanayotganidan dalolat beradi.
2024 yildan buyon Rafah çegara ötiş joyini nazorat qilib kelayotgan Isroil tomoni mazkur bayonot yuzasidan hozirça rasmiy izoh bermadi. Öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga köra, Isroil Ğazo hududining yarmidan köpini, jumladan, Rafah ötiş punktiga tutaş hududlarni nazorat qiladi. Anklavning qolgan qismi esa Hamas nazoratida qolmoqda.









