2021 yil 31 dekabr hamda 2022 yil 1 yanvar kunlari “Yangi Özbekiston boği”ga olib boruvçi ayrim yöllarda avtotransport vositalari harakati çeklanadi.
IIV YHXBB xabariga köra, “Yangi Özbekiston” boğiga olib boruvçi Maxtumquli va 4P12 yöllarida avtoturargohlar taşkil etiladi.

Bu çoralar mamlakatning boş arçasi örnatilgan “Yangi Özbekiston” boğiga taşrif buyuruvçi fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar Böstonliq tumanining "Amirsoy" toğli dam oliş maskanlariga olib boruvçi yölda xavfsizlikni va yölning ötkazuvçanlik imkoniyatini inobatga olgan holda vaqtinça bir tomonlama harakatlaniş taşkil etiladi.









