Qöşnisining qiziga uylanayotganini maʼlum qilgan xonanda Vohidjon Isoqov 14 sentyabr kuni uylangani, uning töyi Tashkent City parkida bölib ötgani haqida xabar berilgandi. Xonanda va uning turmuş örtoğini tabriklaş uçun töyga köplab şou-biznes vakillari taşrif buyurgan. Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi sanitariya-epidemiologiya talablarini buzib, mehmonlari soni ellikdan oşgan holda töy tadbirini ötkazgan estrada xonandasiga BHMning 5 baravari (1 million 115 ming söm) miqdorida jarima belgilangani haqda xabar tarqatdi. «Kun.uz» bu borada xonandaga jazo haqqoniy va adolatli tanlanmagani töğrisida maqola eʼlon qildi. Quyida uşbu maqola töliğiça keltirilgan.
Bu kabi savollarga karantinda ötgan yaqin ötmişimizni yodga olib javob izlaşga urinib köramiz.
Eslab köring: yaqin-yaqinlarda ruxsat etilmagan vaqtda öz avtotransport vositasida harakatlangan haydovçilarga eng kamida bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari – 4 million 460 ming sömdan jarima qöllandi. Bu ham yetmagandek avtomaşinalari bir neça oylab qonunga xilof ravişda jarima maydonlarida uşlab turildi. Jarimayu, jarima maydoniga tölangan pullarning aniq hisobi bölmasa ham kerak.
Bu kabi ayovsiz jarimalar ortidan karantin eʼlon qilinganining dastlabki oyidayoq davlat xazinasi sal kam 50 milliard sömga boyidi. Ularning asosiy qismi karantin çeklovlari davrida avtomaşinani boşqargan şaxslarga töğri keldi.
Darhaqiqat, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi ikkinçi qismiga köra karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişining yoki tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buziş fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravari (4 460 000 söm)dan 30 baravari (6 690 000 söm)gaça, mansabdor şaxslarga esa undan ham köproq, 50 baravari (11 150 000 söm)gaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Ammo hozir gap bu haqda emas.
Endi mavzuning ikkinçi va asosiy qismiga ötib, xonanda Vohidjon Isoqov belgilangan meʼyorlardan oşirib töy qilganlikda ifodalangan qilmişining huquqiy malakalanişi va unga qöllangan jazo miqdoriga töxtalsak.
Toşkent şahar IIBB xabarida Vohidjon Isoqov Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasining qaysi qismi bilan javobgarlikka tortilgani aytilmagan. Mazkur moddaning birinçi qismida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz bölişga oid huquqbuzarlikka nisbatan javobgarlik nazarda tutilganini inobatga oladigan bölsak, Vohidjon Isoqov şu moddaning ikkinçi qismi talabini buzgan bölib çiqadi.
Biroq qöllangan jarima miqdori (BHMning 5 baravari) esa bu xulosani şubha ostida qoldirmoqda. Sababi 54-moddaning ikkinçi qismida jarima miqdori beş baravargaça emas, balki 20 dan 30 baravargaça belgilangan. Bu moddaning esa uçinçi qismi yöq.
Demak, bundan kelib çiqadiki qonun himoyaçilari Tashkent City’da töy ötkazib, erkalik qilgan xonandani «avaylagan» bölişlari mumkin.
Xabarda Vohidjon Isoqovga maʼmuriy bayonnoma sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgani aytilgan. Xonanda niqob taqmagani uçun emas, aynan töy marosimida 50 dan oşiq mehmonlar qatnaşgani uçun jazolangan. Respublika maxsus komissiyasining amaldagi qaroriga muvofiq, töy marosimlarida iştirok etuvçilarning çeklangan soni 30 nafardan oşmasligi kerak.
Endi haqli eʼtiroz paydo böladi: unda xonanda nima sababdan BHMning 5 baravari miqdorda jarimaga tortildi? Axir u karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzdi-ku?! Şunday ekan, unga nima uçun qonunda qatʼiy belgilanganidan yengilroq jazo çorasi tanlandi?
Masalaning şu yeriga kelganda qonun normalari qöpol ravişda buzilgani yaqqol közga taşlanadi. Çunki Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 33-moddasiga köra, javobgarlikni yengillaştiruvçi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki undan ham yengil jazo çorasini faqatgina sud qöllaşi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiquvçi boşqa organ yengilroq maʼmuriy jazo çorasini qöllaş töğrisidagi masalani hal etiş uçun işni sudga yuborişi şart. Yaʼni, suddan boşqa birorta maʼmuriy organ jazoni yengiliga almaştirişga vakolatli emas.
Şunday ekan, Vohidjon Isoqov işida SES xodimlari öz vakolatlarini suiisteʼmol qilgan bölişlari mumkinligi ehtimoli yuqori.
Uşbu holat vakolatli organlar tomonidan qayta körib çiqilib, qonuniylik töliq taʼminlanişiga umid bildirib qolamiz.
Zero qonunlar oldida estrada xonandasi ham, oddiy haydovçi ham tengdir.









