Rossiyada çiqarilgan vaktsina qança vaqtgaça virusdan himoya qilişi aytildi

Rossiyada çiqarilgan vaktsina qança vaqtgaça virusdan himoya qilişi aytildi

Rossiyada işlab çiqarilgan koronavirusga qarşi vaktsina biror tanaga yuborilgandan keyin öz kuçini ikki yilgaça saqlab qoladi. Bu haqda Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazi rahbari Aleksandr Gintsburg maʼlum qildi. 

“Vaktsinaning faoliyati davomiyligi, uning himoya xususiyatlari qisqa vaqt – olti oy yoki bir yil emas, balki ikki yil davom etadi”, deydi u. 

11 avgust kuni Rossiya koronavirusga qarşi ilk vaktsinani röyxatdan ötkazdi. Rossiyadagi koronavirusga qarşi ilk vaktsina “Sputnik V” deb nomlangan. Vaktsinaga navbatda turgan davlatlar qatorida Lotin Amerikasi, Yaqin Şarq va Osiyo davlatlari bor. Rossiyaga 20 davlatdan koronavirus vaktsinasiga 1 mlrd doza uçun buyurtma tuşgan. Gintsburg sözida davom etarkan, boşqa mamlakatlardan bölayotgani tanqidiy munosabatlarga ham töxtaldi. 

“Agar Rossiya vaktsinasi ortidan muayyan odamlar va muayyan firmalar millardlab dollarni boy bersa, ulardan yana qanday munosabat kutyapsiz? Menimça, ularning munosabati juda normal”, deydi mutaxassis. 

Qayd etilişiça, töliq xavfsizlik bölgan ikki komponentli uşbu vaktsinalar tayyorlaş böyiça xavfsizlik normalariga va barça qonunlarga rioya qilingan holda tayyorlangan. 

“Biz tayyorlagan vaktsina Amerika va Ğarbiy Yevropa mamlakatlaridagi vaktsinalardan farq qiladi. Bizniki ikki komponentlidir”, deydi Gintsburg. 

×