Portugaliyalik hujumçi Ronaldu eng köp daromad topgan futbolçiga aylandi.

Portugaliyalik hujumçi Ronaldu eng köp daromad topgan futbolçiga aylandi.

Kriştianu Ronaldu “Yuventus” klubidan “Mançester Yunayted” safiga borib qöşilganidan söng bir kun ötmay, sport kiyimlari eng köp sotilgan futbolçiga aylandi. Uning nomi bilan ataladigan mahsulotlar sotuvi sönggi yillarda Tom Bredi, LeBron Jeyms va Brays Xarper kabi basketbolçilarning ismlari körsatilgan mahsulotlar sotuvidan oşib ketdi. Ammo Ronaldu uçun eng muhimi azaliy raqibi Lionel Messini ham bu borada ortda qoldirdi. Ronaldu hozirda dunyoning eng maşhur sportçisi maqomiga ega bölib turibdi. U Facebookda (149 million), Instagram (344 million) va Twitter (94,3 million) obunaçilari mavjud. 

Portugaliyalik futbolçi 2021 yilda “Forbes” talqiniga köra eng köp maoş oladigan futbolçilar reytingida birinçi örinni egalladi. 2021/22 yilgi mavsumda Ronaldu soliqlardan taşqari 125 million dollar işlab topgan. Sportçi boşqa mablağlarni “Nike”, “Herbalife”, “Clear” kabi brendlar şuningdek, parfyumeriya, içki kiyim, közoynak, mehmonxonalar, sport klublari va boşqalarni birlaştirgan “CR7” brendi orqali qölga kiritgan. Futbolçi bu borada 36 yoşida ham köplab raqiblarni ortda qoldirdi.

Eslatib ötamiz, 34 yoşli “PSJ” hujumçisi Lionel Messi 110 million dollar bilan uşbu röyxatda ikkinçi örinni egalladi.

Maʼlumot örnida: Kriştianu Ronaldu bu mavsum Angliya premer-ligasida 16 ta öyinda maydonga tuşib raqib darvozasiga 8 ta gol urdi.

×