Özbekiston Jahon çempionatidan qança işlab oladi?

Özbekiston Jahon çempionatidan qança işlab oladi?

Futbol böyiça 2026 yilgi Jahon çempionatiga yöl olgan Özbekiston milliy terma jamoasi faqatgina turnirga tayyorgarlik uçun 1,5 mln dollar olişi mumkin. Oxirgi, 2022 yilda Qatarda bölib ötgan mundialda jamoalarga ajratilgan pullardan kelib-çiqib, QALAMPIR.UZ Özbekiston navbatdagi Jahon çempionatidan qança daromad olişi mumkinligini örgandi.

Maʼlumotlarga köra, 2022 yilda Qatar yaşil maydonlarida ötgan mundialning umumiy sovrin jamğarmasi 440 million dollar bölgan. Şundan 1,5 million dollar jamoalarning turnirga tayyorgarlik körişi uçun berilsa, guruh bosqiçida qatnaşganlik uçun yana 9 million dollar tölangan. Demak, uşbu musobaqaga yöllanmani qölga kiritgan har qanday jamoa 10,5 mln dollarni naqd qiladi.

Agar Özbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqiçida muvafaqqiyatga erişib, keyingi bosqiç – nimçorak final masalasini hal qilsa, 13 million dollar oladi. Çorak final iştirokçilariga esa 17 million dollar beriladi.

Şuningdek:

  • 4-örin egasi – 25 million dollar;
  • 3-örin egasi – 27 million dollar;
  • final iştirokçisi – 30 million dollar;
  • turnir ğolibi – 42 million dollarga ega çiqadi.

Şunday qilib, agar Özbekiston milliy terma jamoasi turnir ğolibligini qölga kiritsa, 42 million dollar daromad olişi mumkin.

Qayd etiş joiz, mukofot pullari asosan stadion daromadlari, teleeşittiriş huquqidan tuşgan mablağlar, reklama va boşqa manbalar hisobidan ham keladi. Yillar davomida bu manbalarning heç birida pul oqimi pasaymagan. Yuqorida aytilganidek, 2022 yilgi FIFA Jahon çempionati ğolibi 42 million AQŞ dollari miqdoridagi mukofot pulini qölga kiritgan. Bu esa 2018 yilgi musobaqaga nisbatan 4 million dollarga köproq.

Qatar-2022 uçun ajratilgan umumiy mukofot jamğarmasi 440 million dollarni taşkil etdi va bu 32 jamoa örtasida taqsimlandi. Rossiya-2018 musobaqasida esa bu summa 400 million dollar bölgan, şundan 38 million dollar finalda Xorvatiyani mağlub etgan Frantsiyaga berilgan.

Jahon çempionatidagi mukofot jamğarmasi har galgi turnirda oşib bormoqda. Masalan, 1982 yilda jami 20 million dollar 24 jamoa örtasida taqsimlangan bölsa, 2022 yilgi musobaqada bu körsatkiç 22 barobar oşgan.

Bundan taşqari, jamoalar turnir davomida turli taniqli brendlar va kompaniyalar bilan hamkorlik qilişi va ulardan ham daromad olişi mumkin. Uşbu pullar ham mamlakat Futbol assotsiatsiyasi ğaznasini maʼlum darajada boyitadi. Şuningdek, turnirda iştirok etiş mamlakat imijining tanilişiga ham kömaklaşadi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston MTJ ertaga, 10 iyun kuni Jahon çempionati saralaşining sönggi öyinida Qatarga qarşi bahs olib boradi. Uşbu uçraşuvdan söng “Bunyodkor” stadionida özbekistonlik futbolçi va murabbiylarni taqdirlaş marosimi bölib ötadi. Xususan, ularga BYD avtomobillari topşiriladi.


×