Jahon çempionatidan Özbekiston qança pul işlab oladi?

Jahon çempionatidan Özbekiston qança pul işlab oladi?

Joriy yilgi Jahon çempionati iştirokçilari örtasida jami 871 million dollar mukofot puli taqsimlanadi. Bu haqda FIFA xabar berdi. 


2026 yilgi Jahon çempionati nafaqat iştirokçilar soni va öyinlar miqdori böyiça, balki sovrin jamğarmasi jihatidan ham turnir tarixidagi eng yirik musobaqalardan biri böladi.

Manbaga köra, yangi format tufayli hatto guruh bosqiçidan öta olmagan jamoalar ham sezilarli mablağga ega böladi. Mundialda iştirok etgan har bir terma jamoa kamida 12,5 million dollar mukofot oladi. Bu 2022 yil Qatarda bölib ötgan Jahon çempionatiga nisbatan ança yuqori körsatkiçdir. Öşanda guruh bosqiçida musobaqani tark etgan jamoalar 9 million dollardan işlab topgan edi.

Musobaqada muvaffaqiyatli iştirok etgan sari mukofot mablaği ham oşib boradi. 1/16 finalga çiqqan jamoalar 14,5 million dollar, 1/8 final iştirokçilari 18,5 million dollar, çorak finalga çiqqanlar esa 22,5 million dollardan oladi.

Törtinçi örinni egallagan terma jamoaga 30,5 million dollar, bronza medallari sohibi bölgan jamoaga esa 32,5 million dollar beriladi.

Finalga çiqqan ikki jamoa eng katta mablağlar uçun kuraşadi. Finalda mağlub bölgan terma jamoa 36,5 million dollar bilan taqdirlansa, Jahon çempionati ğolibi rekord darajadagi 53,5 million dollar mukofot puliga ega böladi.

Şu tariqa, 2026 yilgi mundial sport tarixidagi eng daromadli Jahon çempionatlaridan biri sifatida ham yodda qolişi kutilmoqda.


×