Ğarb Rossiyaga qarşi “suyakni çil-çil qiluvçi” sanktsiyalar qöllaşi mumkin

Ğarb Rossiyaga qarşi “suyakni çil-çil qiluvçi” sanktsiyalar qöllaşi mumkin

Agar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina kelajagi böyiça haqiqiy muzokaralarga tayyor bölmasa, Ğarb unga qarşi keskin çoralar eʼlon qilişi mumkin. Bu haqda amerikalik senator, mamlakat Prezidenti Donald Trampning yaqin ittifoqçisi Lindsi Grem maʼlum qildi.

Bugun, 15 may kuni Lindsi Grem Turkiyaning Antaliya şahrida Yevropa yetakçilariga Rossiya iqtisodiyotini izdan çiqarişga qaratilgan sanktsiyalar loyihasi haqida maʼlumot berişi kutilmoqda. Unga köra, Vladimir Putin Ukraina kelajagi borasida muzokaralarga tayyorligini körsatmasa, AQŞ Kongressida uşbu sanktsiyalarni qabul qiliş uçun harakat boşlanadi.

Grem Turkiyada yiğilgan Yevropa Taşqi işlar vazirlari, jumladan Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Devid Lemmi bilan uçraşadi. Bu yerda vazirlar NATOning rejalaştirilgan norasmiy ikki kunlik uçraşuvi doirasida töplanadi.

Yevropa davlatlari Putinni sulh muzokaralariga köndirişning eng samarali yöli sifatida AQŞ sanktsiyalariga umid qilmoqda.

“Bu orqali Putin Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan tinçlik bitimi yuzasidan kelişuvga majbur böladi”, deyiladi xabarda.

Agar Putin Istanbulga bormasa, Yevropa yetakçilari AQŞ Kongressini Lindsi Grem tomonidan ilgari surilgan keskin sanktsiyalar paketi yana öz yöliga qaytişiga işonç hosil qiladi. Grem bu sanktsiyalarni “suyakni çil-çil qiluvçi” deb taʼriflagan.

Ğarb diplomatlarining aytişiça, Tramp AQŞ Prezidenti sifatida bu sanktsiyalarni oçiq qöllab-quvvatlamasa ham, Kongressga ularni qabul qiliş böyiça siyosiy erkinlik berişi mumkin.

Gremning sanktsiya loyihasiga köra, Rossiya neft mahsulotlari, gaz yoki uranini sotib oladigan davlatlardan AQŞga olib kiriladigan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etiladi.

Mazkur taklif dastlabki körinişda qabul qilinsa, u AQŞni töğridan töğri tarif uruşiga olib kirişi mumkin – ayniqsa Xitoy va Hindiston bilan. Bu ikki davlat Rossiya energiya resurslarining eng yirik importçilari hisoblanadi. Nazariy jihatdan Ispaniya kabi ayrim Yevropa davlatlari ham bu sanktsiyalardan zarar körişi mumkin, çunki Madrid Rossiyadan suyultirilgan gaz import qiladi. Grem sanktsiyalar paketidagi yana bir band AQŞ fuqarolariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olişni taqiqlaydi.

Gremning aytişiça, u Kongressda uşbu qonunni qabul qiliş uçun yetarli darajada ikki partiyaviy ovozga ega. Tramp esa Putin borasida norozilik kayfiyatini bildirayotgan bölsa-da, Grem taklif qilgan sanktsiyalar paketini rasmiy ravişda qöllab-quvvatlaşi uçun qanday şaroitlar kerakligini aniq bayon qilmagan.

Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaga qarşi 17-bosqiç sanktsiyalar paketini tayyorlagan, u asosan Rossiyaning “soya floti” deb ataluvçi neft tankerlariga qaratilgan. Biroq Yevropa diplomatlarining fikriça, faqat Gremning sanktsiyalari Rossiya iqtisodiyotiga yetarliça kuçli zarba bera oladi va uruşdagi vaziyatga taʼsir körsatadi.


Teglar:
×