Rossiyaga qarşi ğarb tomonidan joriy etilgan çeklovçi çoralar, sanktsiyalar Özbekistonga ham töğridan-töğri taʼsir qilyapti. Bu haqda bugun, 17 mart kuni Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisida Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov maʼlum qildi.
“Hozirda mamlakatimizni bunday sanktsiyalardan himoya qilişga qaratilgan va ularning salbiy taʼsirining oldini oladigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş biz uçun muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Komilov.
Vazir Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qanday qilib bu oğir oqibatlarning oldini oliş mumkinligi borasida köp majlislar ötkazayotganini urğulagan. Şuningdek, Ukrainadagi harbiy harakatlar boşlanişidan oldin uşbu mamlakatdagi elçixona xodimlarining oila aʼzolarini ortga qaytarişga uriniş bölgani taʼkidlandi.
“Avvalo biz şu voqealar boşlanişidan oldin oğir vaziyat bölişi mumkinligini sezgan edik. Elçixona xodimlarining oila aʼzolarini yoş bolalarni qaytarişga harakat qildik. Lekin, oçiğini aytsak, bu kutilmagan vaziyat böldi. Şuning uçun hozirgi oğir şaroitda biz harakat qilib, Ukrainadagi, Polşadagi elçixonamiz, Turkiyadagi diplomatlar, TIV xodimlarining bir neçta guruhlarini Toşkentdan Polşaga, Ukrainaga yubordik. Hammamiz birgalaşib, evakuatsiya, yaʼni fuqarolarimizni Vatanga qaytarişga harakat qildik. Bizga Polşa juda katta yordam berdi. Polşaning Prezidenti janob Duda (Anjey Duda – tahr.) mana şu harakatlarimizni nazoratga olib, yordam berdi”, deydi Komilov.
Uning sözlariga köra, öz paytida rasmiy Toşkent Polşa fuqarolarini Afğonistondan Özbekiston orqali ortga qaytişiga juda katta yordam bergan.
Eslatib ötamiz, Senatdagi nutqi davomida Komilov Özbekiston Ukraina şarqida ayirmaçilar tuzgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini bildirgandi.









