Qozoğiston Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanktsiyalar rejimiga amal qiladi va Berlin bu borada heç qanday xavotirga tuşmasligi kerak. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Germaniya kantsleri Olaf Şols bilan muzokaradan söng ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
«Qozoğiston sanktsiyalarni çetlab ötiş ehtimoli böyiça sanktsiya rejimiga amal qilişini aniq maʼlum qildi. Sanktsiyalar rejimiga rioya qiliş uçun tegişli taşkilotlar bilan aloqalarimiz bor. Menimça, Germaniya tomonidan sanktsiyalarni çetlab ötişga qaratilgan harakatlar böyiça xavotir bölmasligi kerak», – degan Töqayev.
Şuningdek, Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston Rossiya va Ukraina örtasidagi duşmançilikni töxtatişga va BMT meʼyorlari böyiça muzokaralar ötkazişga yordam berişini taʼkidladi.
«Rossiya ham, Ukraina ham muzokaralarga tayyor, lekin bu uçun aniq platforma hozirça yöq. Ikki tomon ham bir-birini ayblaşni bas qilişi va ikki tomonni ham qoniqtiruvçi takliflar işlab çiqilişi lozim», – deydi Qozoğiston rahbari.









