Yevropa yetakçilari 16 may kuni Albaniyada bölib ötadigan uçraşuvda Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni kuçaytirişni muhokama qilmoqçi. Bu haqda Politico xabar berdi.
Mazkur qarorga Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 may kuni tinçlik muzokaralarida iştirok etiş uçun Istanbulga kelmagani sabab bölmoqda. 16 may kuni Tirana şahrida Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kantsleri Fridrix Merts, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uçraşişi kutilmoqda.
" Tiranadagi Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidagi norasmiy uçraşuvda asosiy eʼtibor Moskvaga qarşi sanktsiyalarni keskin kuçaytiriş masalasiga qaratiladi ", deyiladi xabarda.
Unda Yevropa Ittifoqi 2022-yilda joriy etgan, biroq hozirgaça töliq savdo embargosidan tiyilib kelgan Rossiyaga nisbatan çora körib çiqiladi. Yevropa Ittifoqi vakillari Rossiyaga qarşi 17-paket sanktsiyalarini tasdiqlagan. Unda neft va gaz eksportiga qarşi qöyilgan çeklovlardan qoçiş uçun işlatiladigan “soya floti”ga tegişli deyarli 200 ta kemaga qarşi çora-tadbirlar mavjud.
Yevropa Ittifoqi, şuningdek, sanktsiyalarni uçinçi davlatlar orqali çetlab ötuvçi taxminan 30 ta taşkilot bilan öz kompaniyalariga hamkorlik qilişni taqiqlaydi. Bundan taşqari, Rossiya harbiy maşinasiga yordam bergan 75 ta jismoniy va yuridik şaxs sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan. Çeklovlar 20-may kuni Yevropa Ittifoqining mudofaa va taşqi işlar vazirlari tomonidan tasdiqlanişi kutilmoqda.
Putin 11-may kuni Ukrainaga 15-may kuni Istanbulda “heç qanday dastlabki şartlarsiz” töğridan-töğri muzokaralarni qayta boşlaşni taklif qilgan edi. Bunga javoban Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy öşa kuni Turkiyada Rossiya prezidenti bilan muzokaralar ötkazişga rozi böldi va uni 15-may kuni Turkiyada şaxsan kutişini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin delegatsiya tarkibini tasdiqladi va özini bu röyxatga kiritmadi. 15-may kuni delegatsiyalarning Istanbuldagi uçraşuvi bölib ötmadi. OAV muzokaralar 16-may kuni boşlanişi mumkinligini xabar qildi.









