Namanganda 1,6 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaylanma foş etildi

Namanganda 1,6 mlrd sömlik noqonuniy kriptoaylanma foş etildi

Namangan viloyatida litsenziyasiz kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirib kelgan tört nafar şaxsning noqonuniy faoliyati foş etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Aniqlanişiça, joriy yilning 1 noyabr kuni Yangiqörğon tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1993 yilda tuğilgan fuqaroning noqonuniy faoliyati aniqlangan. U “Bitget“ va “Binance” platformalari orqali tegişli litsenziyasiz 1 milliard 121 million sömdan ortiq kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirib kelgan.

Şuningdek, 2 noyabr kuni Uçqörğon tumanida 2008 yilda tuğilgan şaxsning faoliyatiga çek qöyilgan. U “Tonkeeper” ilovasi orqali litsenziya hujjatlarini rasmiylaştirmasdan, 277 million sömdan ortiq qiymatdagi 147 ta pul operatsiyasini amalga oşirgani aniqlangan.


3 noyabr kuni Namangan şahrida 1996 yilda tuğilgan fuqaro Telegram messenjeridagi “Volt” nomli bot orqali litsenziyasiz kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirib kelgani foş etilgan. Tekşiruvlarda uning telefonida 196 million sömdan ortiq pul operatsiyalari amalga oşirilgani aniqlangan.

Bundan taşqari, 4 noyabr kuni Çust tumanida 2003 yilda tuğilgan şaxs “Bitget” kriptobirjasi orqali tegişli litsenziyasiz 71 million sömlik kriptoaktivlar aylanmasini amalga oşirgani aniqlangan.

Bildirilişiça, mazkur holatlar yuzasidan tört nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) tegişli qismlari va bandlari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


×