Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd sömlik gazni öğirlaganlar uşlandi

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd sömlik gazni öğirlaganlar uşlandi

Namangan va Samarqand viloyatlarida 2,1 milliard sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, “Hududgaz Namangan“ gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd tadbirida Namangan şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro Z.R. özining yaşaş xonadonida novvoyxona taşkil etib, tabiiy gaz tarmoğiga tijorat maqsadida özboşimçalik bilan ulangani aniqlangan. Hisob-kitoblarga köra, u faoliyati davomida davlatga 362,5 million sömlik zarar yetkazgan.

Şuningdek, Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “S.Ş.“ oilaviy korxonasiga qaraşli novvoyxona ham tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangani oqibatida 1,3 milliard sömlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan.

Bundan taşqari, viloyatning Pastdarğom tumanida yaşovçi fuqaro A.M. ham öz xonadonida noqonuniy issiqxona taşkil qilib, tabiiy gaz tarmoğiga yaşirinça ulangani oqibatida davlat manfaatlariga 462,7 million sömlik zarar yetkazgan.

Bildirilişiça, hozirgi vaqtda mazkur holatlar böyiça tegişli idoralar tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×