“Namangan suv taʼminoti”da qariyb 5 mlrd sömlik davlat xaridlarida qonunbuzilişi aniqlandi

“Namangan suv taʼminoti”da qariyb 5 mlrd sömlik davlat xaridlarida qonunbuzilişi aniqlandi

“Namangan suv ta’minoti” AJga nisbatan davlat xaridlarida qonunbuzilişi yuzasidan tegişli çora körildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Raqobat qömitasining Namangan viloyati hududiy boşqarmasi “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan 2023-2024 yillarda amalga oşirilgan davlat xaridlari yuzasidan örganiş va tahlillar olib borgan.

Jumladan, Namangan viloyat prokuraturasining topşiriğiga köra, “Namangan suv ta’minoti” AJ buyurtmaçiligida 2023 yil davomida hamda 2024 yil 16 iyun kuniga qadar jami 167 ta lot böyiça boşlanğiç narxi 4,9 mlrd sömga yaqin amalga oşirilgan davlat xaridlari ötkazilgan.

Örganişlar davomida mazkur aktsiyadorlik jamiyati tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oşirişda “Raqobat töğrisida”gi qonun talablariga rioya etilmagani maʼlum böldi.

Bundan taşqari, buyurtmaçi tomonidan 36 ta lot böyiça boşlanğiç narxi 846,1 mln sömlik tanlov savdolarida bir-biriga boğliq bölgan (affillangan) jamiyatlar ğolib deb topilganligi aniqlandi.

Hududiy boşqarma tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat töğrisida”gi qonun talablari buzilgani yuzasidan buyurtmaçi taşkilotga (Namangan suv ta’minoti AJ) nisbatan tuzilgan maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvçi organga taqdim etildi.

Şuningdek, “Namangan suv ta’minoti” AJ mansabdor şaxslariga nisbatan maʼmuriy jarima qöllaş böyiça maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, tegişli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.

Manba: Qalampir.uz

Teglar:
×