Şavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisini qabul qildi

Şavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisini qabul qildi

Şavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçi Suma Çakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.


Unga köra, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yönalişlari, şu jumladan soğliqni saqlaş, taʼlim, suv taʼminoti sohalaridagi yangilanişlar körib çiqildi. Özbekistonda investitsiya va işbilarmonlik muhitini yanada takomillaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


Özbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yölga qöyiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarning borişi hamda Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.

×