Rossiyada migrantlar tayyorlagan şörvadan 350 kişi zaharlandi

Rossiyada migrantlar tayyorlagan şörvadan 350 kişi zaharlandi

Rossiyada ikki kişining ölimiga sabab bölgan loviya şörvasidan ommaviy zaharlanişda ayblangan tört kişining işi Moskvaning Lyublinskiy tuman sudiga ötkazildi. Bu haqda Rossiya Boş prokuraturasi xabar berdi.

Prokuratura 350 kişining zaharlanişiga sabab bölgan oziq-ovqat tayyorlanayotgan antisanitariya holatlarining fotosuratlarini körsatdi. Xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqarişda ayblanganlar orasida “Savon-K” konservalangan loviya işlab çiqaruvçi taşkilot egasi Vladimir Şin, “Lokalkitçen” boş direktori Anton Lozin, “Kuxni na rayone” sifat bölimi boşliği Yelena Maşkova va “Savon-K” kompaniyasining Tojikistondan yollangan oşpazi Karim Normatov bor. Ularning barçasi Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va mahsulotlarni işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoki sotiş, işlarni bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanmoqda.

Vladimir Şin onasining yaşaş joyida 31 nafar migrantni noqonuniy röyxatga olganlikda ayblanmoqda. Migrantlar uning korxonasida işlagan.

Boş prokuraturaning xabar berişiça, Vladimir Şin joriy yilning may va iyun oylarida loviya sotib olgan. Uning Tojikistondan Rossiyaga kelgan, oziq-ovqat sanoati sohasida tajribasi bölmagan xodimi Normatov loviyani notöğri tayyorlab, qadoqlagan. U mahsulotni sterilizatsiya qila olmagan va issiqlik bilan işlov beriş tartib-qoidalariga rioya qilmagan. Oqibatda loviya içida botulotoksin hosil bölgan. Lozin va Maşkova loviya sotib olgan. Pulni tejaş uçun ular kerakli tekşiruvlarni ötkaza olmagan. Ular “Lobio” salatini tayyorlab, “Kuxnya na rayone”, “Samokat” kabi yetkazib beriş xizmatlariga sotgan.

Hammasi bölib xavfli salatning 2000 dan ortiq portsiyasi sotilgan. Jabrlanganlar qattiq boş oğriği, ovozning buzilişi va körişning xiralaşişini boşdan keçirgan.

Oqibatda 350 ga yaqin odam botulizm bilan kasallangan, ulardan ikki nafari vafot etgan, 52 nafari esa halok bölişga yaqin qolgan. Şifokorlarning tezkor aralaşuvi tufayli ular qutqarib qolingan.

Jabrlanuvçilar 70 million rubldan ortiq tovon puli talab qilmoqda. “Lokalkitçen” allaqaçon ixtiyoriy ravişda qisman tölovni amalga oşirgan.


Teglar:
×