Gaz qazib oliş qisqarişda davom etmoqda, elektr energiyasi işlab çiqariş ham kamayişni boşlagan

Gaz qazib oliş qisqarişda davom etmoqda, elektr energiyasi işlab çiqariş ham kamayişni boşlagan

Joriy yilning 5 oyida gaz qazib oliş 5,2 foizga, neft qazib oliş 6,9 foizga, kömir qazib oliş 3,7 foizga, dizel yonilğisi işlab çiqariş 12,6 foizga qisqardi. Elektr energiyasi işlab çiqariş ham kamayişni boşlagan.

Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-may oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 18,8 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd kub yoki 5,2 foizga qisqargan.

2024 yilning yanvar-may oylaridagi gaz qazib oliş körsatkiçlari:

  • Yanvar – 3,99 mlrd kub (ötgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
  • Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
  • Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub);
  • Aprel – 3,7 mlrd kub (3,94 mlrd kub);
  • May – 3,52 mlrd kub (3,6 mlrd kub).

Maʼlumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga qisqargan.

2017-2023 yillar oraliğida tabiiy gaz qazib oliş hajmining özgarişi (Statistika agentligi maʼlumotlari):

  • 2017 yil – 56 mlrd 417,6 mln kub metr;
  • 2018 yil – 60 mlrd 396,5 mln kub metr;
  • 2019 yil – 60 mlrd 537,5 mln kub metr;
  • 2020 yil – 49 mlrd 736,2 mln kub metr;
  • 2021 yil – 53 mlrd 802 mln kub metr;
  • 2022 yil – 51 mlrd 678,4 mln kub metr;
  • 2023 yil – 46 mlrd 710,3 mln kub metr.

Sönggi yillarda Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş muttasil ravişda qisqarib bormoqda. Xususan, 2019–2023 yillar oraliğida bu qisqariş 22,8 foizni taşkil qilgan. Mahalliy işlab çiqarişning kamayişi Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi hisobiga qoplanyapti.

Dastlabki 5 oylikda kömir qazib oliş 1901,5 ming tonnani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 73,7 ming tonna yoki 3,7 foizga qisqargan.

Şuningdek, hisobot davrida neft qazib oliş 327,6 ming tonnadan 305 ming tonnaga kamaygan bölsa, gaz kondensati işlab çiqariş 511,2 ming tonnadan 527,5 ming tonnaga oşgan.

Yanvar-may oylarida elektr energiyasi işlab çiqariş ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,3 foizga yoki 426 mln kWhʼga kamaygan. Xususan, 2023 yilning 5 oyida 31,58 mrld kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning mos davrida 31,16 mlrd kWhʼgaça pasaygan.

Hisobot davrida dizel yonilğisi işlab çiqariş 439,8 ming tonnadan 384,4 ming tonnaga (-12,6 foiz) qisqargan bölsa, benzin işlab çiqariş 550,8 ming tonnadan 568,9 ming tonnaga (+3,2 foiz) oşgan. 

×