22 fevral kuni kuni tongda Rossiyaning Perm ölkasida röy bergan YTHda 3 nafar Özbekiston fuqarosi halok böldi. Bu haqda Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, YTH Osa tumanida «Osa — Çernuşka» trassasida Lada Largus (davlat raqami Özbekistonniki) va Simaz avtobusi iştirokida sodir bölgan. Özbekistonliklarning ikki nafari voqea joyida, uçinçisi esa kasalxonada vafot etgan.
Özbekistonlik yana uç fuqaro esa turli xil jarohatlar bilan tuman markaziy şifoxonasiga joylaştirilgan, ular tibbiy muolajalar olmoqda.
Perm ölkasi davlat avtoinspektsiyasi matbuot xizmati maʼlumotlariga köra, Lada Largus avtomobili ikkinçi darajali yöldan çiqayotganda Simaz avtobusini ötkazib yubormagan.
Holat Boş konsulxona nazoratiga olingan bölib, vafot etgan fuqarolarni jasadlari vatanga tezkor ravişda qaytariş işlari yakunlangan va jabrlanganlarga tibbiy muolaja körsatib kelinmoqda, deyiladi xabarda.









