Keça, 25 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida 28 yoşli yöl-patrul xizmati xodimi vafot etdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yöldoşev xabar berdi.
YTH soat 19:55 da Yangi Namangan tumanining Islom Karimov köçasida yuz bergan. Haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan 18 yoşli X.Z. Onix avtomobilini katta tezlikda boşqarib kelayotib, özi bilan bir yönalişdagi avtomobilni notöğri quvib ötayotganida oldindagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimi, 28 yoşli safdor Doniyor Nurilloyev oğir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
YPX xodimi Doniyor Nurilloyev Yangi Namangan tumanida joylaşgan IIVning gospitaliga davolaniş uçun borgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni Namangan viloyatida yöl-patrul xizmati inspektori qoidabuzar haydovçi maşinada urib yuborişi oqibatida vafot etgandi.









