Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 3 nafar IIB xodimi hibsga olindi

Keça ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda IIB xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq ötkazilişi natijasida gumondor fuqaro komaga tuşib, oxir-oqibat vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Unga köra, şu yilning 30 may kuni Respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon şahar, Salohiyat köçasida yaşovçi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan olib kelingan. Holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, şu kuni Andijon şahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Aniqlanişiça, IIB JQB tezkor vakillari iş yurituvidagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB maʼmuriy binosiga olib kelib, hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, noqonuniy ravişda uşlab turişgan. Buning oqibatida A.Abdukarimovning soğliği yomonlaşgaç, Andijon şahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida şu yilning 1 iyun kuni 3 nafar içki işlar xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 206 (mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 234 (Qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) va 235-moddalari (Qiynoqqa soliş) bilan ayb eʼlon qilinib, ular qamoqqa olingan.

Jabrlanuvçi A.Abdukarimovga şifokorlar tomonidan barça tibbiy yordamlar körsatilgan bölişiga qaramasdan, keça – 11 iyun kuni vafot etgan.

Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×