“Haj-2025” mavsumi davomida jazirama oqibatida va surunkali kasalligi bölgan 8 nafar özbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida Özbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali ado etişlari taʼminlangan. Mazkur taşkiliy işlar Özbekiston Din işlari böyiça qömita, Musulmonlar idorasi va işçi guruhi aʼzolari hamda mamlakatning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi va Jiddadagi Boş konsulxonasi kömagida amalga oşirilgan.
“Taʼkidlaş joizki, Özbekiston hukumati tomonidan “Haj-2025” mavsumini tayyorlaş va taşkil etiş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan yuqori baholandi”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, joriy yildagi Haj mavsumiga özbekistonlik hojilarning Saudiya Arabistoniga borişi 13 maydan boşlanib, 30 mayga qadar davom etgan. Şuningdek, Haj ibodatlari tugaganidan söng hojilarining Özbekistonga qaytib kelişi 12 iyundan boşlangan. Sönggi hojilar 29 iyun kuni havo qatnovi orqali vataniga qaytgan.
Özbekiston hojilariga yengillik yaratiş maqsadida Saudiya Arabistonining Jidda şahridagi Podşoh Abdulaziz xalqaro aeroportidan Özbekistonning bir qator viloyatlariga töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyilgan.
Özbekistonlik hojilarning soğliği va sihat-salomatligiga alohida eʼtibor qaratiş masalasida Özbekiston hukumati tomonidan barça zarur çora-tadbirlar körilişiga qaramay, bu yilgi Haj ibodati paytida kuzatilgan jazirama oqibatida va surunkali kasalligi bölgan 4 nafar özbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etgan.
Şuningdek, Özbekiston musulmonlari idorasining ogohlantirişlariga qaramay bu yilgi Haj mavsumiga noqonuniy yöllar bilan borgan yana 4 nafar özbekistonlik uşbu mamlakatda olamdan ötgan.
Bundan taşqari, Haj ibodati tugaganidan söng Boş konsulxonaga 40 nafardan ziyod ziyoratçilar xorijga çiqiş pasportlarini yöqotgani bois Özbekistonga qaytiş guvohnomasini rasmiylaştiriş uçun murojaat qilgan.









