Joriy yilning 5 yanvar kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida Daewoo Nexia va tez yordam maşinasi töqnaşib ketdi. Oqibatda 2 özbekistonlik vafot etgan. Bu haqda “78.ru” naşri xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, voqea 5 yanvar kuni soat 19:23 da M-10 avtomagistralining 637-kilometrida sodir bölgan. 27 yoşli Özbekiston fuqarosi boşqaruvida bölgan Daewoo Nexia avtomobili qarama-qarşi yölakka çiqib ketib, Ford Transit rusumli tez yordam maşinasiga borib urilgan.
Oqibatda Nexia içida bölgan 31 yoşli yölovçi voqea joyida, 27 yoşli yölovçi esa şifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qurbonlarning ikkisi ham Özbekiston fuqarolari bölgani aytilmoqda.
Tez yordam maşinasini boşqarib kelayotgan 45 yoşli haydovçi örtaça oğirlikdagi tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Maʼlum bölişiça, Nexia haydovçisi 2021 yilda ham yöl harakati qoidalarini buzgani uçun ikki marta maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Ayni vaqtda u qölga olinib, izolyatorga joylaştirilgan va unga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.










