Respublikaning 8 ta viloyati va Toşkent şahri elektr energiyasini tejaş rejasini bajarmagan. Bu haqda bugun, 11 avgust kuni Buxoro şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan videoselektorda maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, jahonda energiya resurslarini tejaş masalasining dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Şu bois Özbekistonda “yaşil energetika”ni rivojlantiriş va iqtisodiyotga energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qiliş böyiça katta marralar olingan.
Yiğilişda energiya taʼminotidagi defitsitni töliq qoplaş maqsadida aprel oyida har bir tuman va şaharda örganişlar olib borilayotgani aytildi. Şu asosda 4,5 milliard kub metr gaz va 7,5 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qiliş böyiça tumanbay dasturlar qabul qilingan.
“Köp hudud va tarmoqlarda hali aytarli natija bölgani yöq, rahbarlari esa “sörov bölmayapti” deb, bu vazifalarni öz holiga taşlab qöygan”, deydi davlat rahbari.
Xususan, Toşkent viloyati rejaga nisbatan 40 million kub metr, Toşkent şahri 19 million, Samarqand 13 million, Xorazm 3,5 million kub metr gazni köp isteʼmol qilgani maʼlum qilingan.
Şuningdek, yiğilişda elektr böyiça Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toşkent viloyati, Farğona va Toşkent şahrining birorta tumani tejaş rejasini bajarmagani hamda energetika kompleksi rahbarlari bu işlarni pastda tizimli taşkil qila olmayotgani körsatib ötilgan.
Eslatib ötamiz, Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötayotgan videoselektorda Buxoro, Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida dastlabki bosqiçda 10 yil muddatga ijaraga berilgan 73 ming gektar yer maydonining ijara muddati 30 yilga uzaytirilişi belgilangan edi. Şuningdek, yiğilişda davlat rahbari Özbekistonda 94 ta tuman va şahar öz aholisining kartoşkaga bölgan ehtiyojini töliq qondira olmayotgani ham tanqid ostiga olgan.









