Namanganda aholidan 18 mlrd sömdan ortiq pul asossiz çiqindi taşiş xizmati uçun olingani aniqlandi

Namanganda aholidan 18 mlrd sömdan ortiq pul asossiz çiqindi taşiş xizmati uçun olingani aniqlandi

Namanganda maişiy çiqindi taşiş xizmati böyiça isteʼmolçilarga asossiz hisoblangan 18 milliard sömdan ortiq mablağlarni qayta hisob-kitob qiliş böyiça körsatma berildi, deb xabar bermoqda Raqobat qömitasi matbuot xizmati.

Qömitaning Namangan viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat olib boruvçi “Namangan musaffo iqlim” MÇJ va “Toza hudud” DUKlarning 2024 yilning I yarim yilligida maişiy çiqindi taşiş xizmatlarini körsatiş sohasida qonun talablariga rioya etilişi yuzasidan örganiş ötkazilgan.

Olib borilgan örganişlarda, xizmat körsatuvçi taşkilotlar tomonidan viloyatning 10 ta hududida joylaşgan MFYdagi 1,1 milliondan ortiq isteʼmolçilarga 18 milliard sömdan ortiq körsatilmagan xizmat uçun haq hisoblangani holatlari aniqlangan.



Yuqoridagilardan kelib çiqib, hududiy boşqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan xizmat körsatuvçi taşkilotlarga (“Namangan musaffo iqlim” MÇJ va “Toza hudud” DUK) nisbatan “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilgani yuzasidan belgilangan tartibda işlar qözğatilib, ortiqça hisoblangan 18 milliard sömdan ortiq mablağni qayta hisob-kitob qilinişi böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi.

2024 yilning oktyabrida Namanganda 700 mingdan ortiq aholidan maişiy çiqindi uçun körsatilmagan xizmat uçun haq hisoblangani haqida xabar berilgan edi. 11 milliard söm qayta hisob-kitob qilinişi böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.

Teglar:
×