Ijtimoiy tarmoqda dökondan kiyim-keçaklar öğirlagan ayol sotuvçilar tomonidan “samosud” qilinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, voqea joriy yilning 14 iyul kuni Mingbuloq tumani Jomaşöy şaharçasida sodir bölgan. Ayol taxminan 1 mln 190 ming sömlik kiyimlarni ustma-ust kiyib, dökondan çiqib ketayotgan paytda uşlangan.
Holat böyiça Mingbuloq tumani içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoiy iş qözğatilgan. Tergov jarayonida ayolga nisbatan “Tilxat” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
“Şuningdek, videoda tasvirlangan “samosud”ga ham alohida huquqiy baho beriladi”, deydi IIB matbuot kotibi.









