10 oyda 18 mlrd sömdan ortiq smartfonlar çegarada uşlab qolingan

10 oyda 18 mlrd sömdan ortiq smartfonlar çegarada uşlab qolingan

Bojxonaçilar yirik miqdorda uyali telefonlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilişini foş etişdi.

Maʼlum qilinişiça, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Farğona tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yo.I. boşqaruvidagi «Mersedes Bents» rusumli yuk avtotransport vositasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilgan.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasidagi maxsus yasalgan xufiyona qismida, tegişli hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 13 mln. sömlik 19 turdagi jami 484 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, Farğona viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Vodil tumanida «Captiva» avtomaşinasi kuzatuvga olinadi.


Kuzatuvga tuşganini sezib qolgan haydovçi zudlik bilan maşinadagi tovarlarni yöl çetidagi gulzor orasiga taşlab, yaşirinadi.

Mazkur tovarlar belgilangan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirilganida, uşbu tovarlar umumiy qiymati 621 mln. sömlik 9 turdagi 270 dona uyali aloqa vositalari ekanligi aniqlandi.

Şuningdek, Namangan viloyati bojxona boşqarmasi DXX vakillari bilan hamkorlikda Pop tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.B. boşqaruvidagi «Cobalt» avtomaşinasi töxtatilib közdan keçirilganida, avtomaşina salonidagi sintetik qopda xorijda işlab çiqarilgan 4 turdagi jami 138 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan şahrida fuqaro X.M.ning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda közdan keçirilganida, bu yerda ham xuddi şu turdagi telefonlardan 17 donasi borligi aniqlandi.

Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida tegişli hujjatlari bölmagan umumiy qiymati 503 mln. 750 ming sömlik 155 dona uyali aloqa vositalari aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

DBQ bergan maʼlumotlarga köra, bojxona xodimlari joriy yilning ötgan davri mobaynida aniqlangan 327 ta bojxona qonunbuzilişi holatlarida qiymati 18,6 mlrd sömlik 12 ming 548 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilişiga çek qöyişgan.


×