Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev 4 dekabr kuni aholi bilan bölib ötgan töğridan-töğri telemuloqotda 2025 yildan boşlab hududda xorijiy işçi kuçi butunlay taqiqlanişini maʼlum qildi.
«Ölkada mehnat migrantlari bilan boğliq vaziyat tuşunarsiz va biroz nazorat qilib bölmaydigan darajada. Mahalliy işçi kuçi esa yetarli, biz ularga tayanişimiz kerak», – degan gubernator.
Hozirgi vaqtda Krasnodar ölkasida mehnat migrantlari uçun 85 turdagi iqtisodiy faoliyat turi taqiqlangan. Faqat quriliş sohasida işlaşga ruxsat etilgan.









