Rossiya fuqaroligini olgan migrantlar Ukraina uruşida iştirok etişdan boş tortsa fuqarolikdan mahrum etilişi kerak. Uşbu taklif Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin tomonidan ilgari surildi.
«Maxsus harbiy amaliyot (Rossiya rasmiylari Ukrainaga bosqinni şunday ataydi – tahr.) davom etar ekan, öylaymanki, ular (migrantlar) maxsus harbiy amaliyotga jalb etilişi kerak. Agar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi öz harbiy burçini bajarmasa, u fuqarolikdan mahrum etilişi lozim», – deydi A.Bastrikin.
RF Tergov qömitasi boşliği joriy yil yanvar oyida ham fuqarolik olgan Markaziy Osiyo va Kavkazorti ölkalari vakillarini uruşga yuboriş haqida gapirgan edi.
Mulozim xorijliklar harbiy xizmatni çetlab ötgan holda Rossiya fuqaroligi imkoniyatlaridan foydalanayotganini daʼvo qilgan.
«Oxirgi 5 yilda Örta Osiyo va Kavkazorti mamlakatlaridan kelgan bir milliondan ziyod şaxs, jumladan, Tojikiston, Özbekiston va Qirğizistondan 550 ming kişi fuqarolik oldi. Xususan, 2022 yilning birinçi yarmida mazkur davlatlarning 60 mingdan ziyod voyaga yetgan fuqarosi Rossiya fuqaroligiga ötdi. (Fuqarolik) huquqlar berib qolmay, ayni çoqda, qabul qiluvçi mamlakatni himoya qiliş böyiça konstitutsiyaviy majburiyatlarni ham közda tutadi», – degan Tergov qömitasi boşliği.
Sönggi vaqtlarda Rossiya fuqaroligini olmay, u yerda tirikçilik qilayotgan mehnat muhojirlarini ham turli yöllar bilan Ukraina uruşiga yuboriş holati köpayayotgani aytilmoqda.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi hisobotida qayd etilişiça, Rossiya hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari mehnat muhojirlarini Ukraina uruşida qatnaşişga köndirişga urinmoqda. Ixtiyoriy ravişda ajal komiga boriş evaziga 4160 dollar oylik maoş, şuningdek, Rossiya fuqaroligi vaʼda qilinmoqda.
Avvalroq BBC naşri Rossiya–Ukraina uruşi boşlanganidan buyon kamida 93 nafar Markaziy Osiyo fuqarolari, jumladan, 34 nafar özbekistonlik jang maydonida halok bölgani haqida xabar bergandi.









