Qarşi şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş bölib ötmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuçayib borayotgani, bunday şaroitda befarq bölib, «kun ötsa böldi» qabilida iş tutadigan rahbarlar eng katta duşman ekanini qayd etdi.
«Mamlakatimiz, xalqimiz tinçligi, farovonligi va kelajagi uçun yangi korxonalar, iş örinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tuşumlar kerak», — dedi Prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranişlar, savdo çeklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotiş kerak, qaysi korxonaga qanday kömak beriş zarur, degan masalalar ustida boş qotirişi şartligi körsatib ötildi.

Yiğilişda viloyatda ötkazilgan örganişlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yeçimlari bilan körib çiqildi.
Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar töğridan-töğri investitsiya jalb qiliş zaminini hozirdan yaratiş lozimligi qayd etildi.
Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarşi tumanlaridagi sanoat zonalarida böş turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta iş örni yaratiş taşabbusi bilan çiqqan.
Şu kabi, Qarşi şahri va Kitobda işlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini taşkil qilib, kamida 5 mingta doimiy iş örni yaratiş imkoniyati bor.
Göşt, sut, meva-sabzavotni qayta işlaş sohasida 50 million dollarlik loyihalarni işga tuşiriş topşirildi.
Qozon şahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va Özbekiston-Xitoy biznes forumida kelişilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkaziş vazifasi qöyildi.









