Maktablarda telefondan foydalaniş taqiqlanişi mumkin (Qirğiziston)

Maktablarda telefondan foydalaniş taqiqlanişi mumkin (Qirğiziston)

Qirğiziston Taʼlim va fan vazirligi maktab va oliy öquv yurtlarida telefondan foydalanişni taqiqlaşni taklif qilmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

“Taʼlim taşkilotlarida mobil qurilmalardan foydalaniş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Hujjatda maktab va oliy öquv yurtlarining talabalari va xodimlari taʼlim muassasasi binosiga kirişda öz gadjetlarini sukut rejimga ötkazişi talab qilinişi belgilandi. Talabalar mobil qurilmalarini öçirib, sinflarda belgilangan joylarda qoldirişi kerak böladi. Telefondan faqat tanaffus paytida yoki favqulodda holatlarda foydalaniş mumkin. Telefonlarni quvvatlantiriş ham taqiqlanadi.

Taʼlim vazirligi, şuningdek, quyidagi maqsadlarda telefondan foydalanişni taqiqlaşni taklif qilmoqda:

  • zöravonlik, şafqatsizlik yoki pornografiyani tarğib qiluvçi materiallarni tarqatiş;
  • taʼlim muassasasi obrösiga putur yetkazadigan harakatlar;
  • foto va video suratga oliş.

Şuningdek, öqituvçilarga ham dars vaqtida telefondan foydalaniş taqiqlanadi, agar bu taʼlim jarayoni bilan boğliq bölmasa.

Qayd etilişiça, işlab çiqilgan qoidalar öquvçilar salomatligini muhofaza qiliş, ijtimoiy-maʼrifiy muhitni yaxşilaş, şuningdek, bezorilik va nomaqbul kontent tarqalişining oldini olişga qaratilgan.


Teglar:
×