Şerzodxon Qudratxöjaning Rossiyaga kirişi taqiqlanişi mumkin

Şerzodxon Qudratxöjaning Rossiyaga kirişi taqiqlanişi mumkin

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöjaning Rossiyaga kirişi taqiqlanişi mumkin. Bu haqda "Rossotrudniçestvo" rahbari Yevgeniy Primakov söz oçdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Milliy media birlaşmasi raisi, ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja öz intervyusida bir mamlakatda yaşab turib, uning tilini bilmaydiganlarni “bosqinçi yoki telba” deya atagan.

Şuningdek, Jurnalistika universiteti rektori Amir Temurning Oltin Ördaga yurişi tufayli Rossiya davlati saqlab qolingani va keyinçalik kuçayganini taʼkidlab ötgan. 

Şerzodxon Qudratxöjaning mazkur bayonoti yuzasidan "Rossotrudniçestvo" rahbari Yevgeniy Primakov jurnalist bilan har qanday aloqalar töxtatilişi va uning özi, qarindoşlariga Rossiyaga kiriş taqiqlanişi mumkinligini maʼlum qildi. Şuningdek, Primakov özbek jurnalistning bu sözlari uçun uzr söraşi kerakligini ham qöşimça qilgan.

Avvalroq tarixçi Mixail Smolin 1917 yilgaça "özbek xalqi bölmagani" haqida iddaosi bahs-munozaraga sabab bölgandi.

Bundan taşqari, yozuvçi Zaxar Prilepinning "Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş" haqidagi iddaosi sabab, Rossiya elçisi Özbekiston TIVga çaqirtirilgandi.

Manba: Qalampiruz Sarvar Xurramov


×