Messiga Meksikaga kiriş taqiqlanişi mumkin!

Messiga Meksikaga kiriş taqiqlanişi mumkin!

Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messiga Meksikaga kiriş taqiqlanişi mumkin. Bu haqda SportBible maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qatardagi Jahon çempionati doirasida Argentina – Meksika (2:0) öyinidan söng Messi yeçiniş xonasida Meksika futbolkasini oyoği bilan surib qöygani aks etgan suratlar tarqaldi. Buning ortidan Lionel Messiga Meksikaga kiriş taqiqlanişi mumkin.

Meksikalik siyosatçi Mariya Klemente Gartsiya Moreno argentinalik hujumçini mamlakatga kiritmaslikni taklif qilgan. Messining bu harakati Meksika parlamenti tomonidan milliy terma jamoani tahqirlaş deb topilgan.

Meksikalik boksçi Saul Alvaresning aytişiça, Alvares Messini topa olmasligi uçun fudbolçi Xudoga duo qilişi kerakligini aytgan.

Meksika terma jamoasi sardori Andres Guardado bu mojaroda Messini himoya qilgan. Uning taʼkidlaşiça, öyindan söng barça fudbolçilar formalarini polga taşlaşi odatiy hol.


×