Özbekistonda «prava»siz maşina haydaşga va rulda telefondan foydalanişga ruxsat berilişi mumkin

Özbekistonda «prava»siz maşina haydaşga va rulda telefondan foydalanişga ruxsat berilişi mumkin

Özbekiston Adliya vazirligi yöl harakati xavfsizligi sohasini tartibga soluvçi qonun hujjatlariga özgartiriş kiritişni taklif etuvçi qonun loyihasini muhokamaga eʼlon qildi. Adliya vazirligi xabarida aytilişiça, tuzatişlar eng yaxşi xorijiy tajribani hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Unga köra:

  • muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqarganligi uçun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 245 ming söm, endilikda 122,5 ming söm etib taklif etilmoqda);
  • transport vositalari egalari tomonidan suğurta polisini olmaganlik uçun jarima fuqarolar uçun ikki baravarga (amalda 245 ming söm, endilikda 122,5 ming söm etib taklif etilmoqda), mansabdor şaxslarga esa uçdan bir qismga (amalda 735 ming söm, endilikda 490 ming söm etib taklif etilmoqda) kamaytirilmoqda;
  • fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy oliş yoki ötkaziş uçun jarima miqdori BHMning ön baravaridan (2 mln 450 ming söm) yigirma baravarigaça (4 mln 900 ming söm) bölgan miqdor oraliğida belgilanmoqda (amalda qatʼiy miqdorda – 4 mln 900 ming söm etib belgilangan);
  • buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uçun mansabdor şaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga kamaytirilmoqda (amalda 1 mln 200 ming sömdan 2 mln 400 ming sömgaça, endilikda 735 ming sömdan 1 mln 700 ming sömgaça, bir yil içida qayta sodir etilganda amalda 2 mln 400 ming sömdan 4 mln 900 ming sömgaça, endilikda 1 mln 700 ming sömdan 2 mln 400 ming sömgaça etib belgilaş taklif etilmoqda);
  • yölovçilarni litsenziyasiz taşiş bilan şuğullanganlik uçun jarima miqdori uç baravarga kamaytirilmoqda (amalda fuqarolar uçun 4 mln 900 ming sömdan 24 mln 500 ming sömgaça, endilikda 1 mln 700 ming söm etib, mansabdor şaxslar uçun 12 mln 200 ming sömdan 36 mln 700 ming sömgaça bölsa, endilikda 7 mln 300 ming söm etib belgilaş taklif etilmoqda);
  • pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun jarimalar miqdori ikki baravardan ham köproqqa kamaytirilmoqda (223-modda);
  • Özbekiston fuqarosi pasport olmaganligi yoki uning şikastlanişi, yöqolganligi, şuningdek, çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxsning Özbekistonda yaşaş guvohnomasi bölmaganligi, yaşaş guvohnomasining şikastlangani yoki yöqolganligi uçun amaldagi 122 ming sömdan 735 ming sömgaça bölgan jarima miqdori 81,6 ming sömdan 245 ming sömgaça bölgan miqdorgaça etib belgilaş taklif qilinmoqda;
  • Fuqarolar tomonidan şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölmagan, vaqtinça yoki doimiy röyxatdan ötmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yaşaşga ruxsat berganlik uçun amaldagi 2 mln 400 ming sömdan 735 ming sömgaça etib belgilaş taklif qilinmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasida, şuningdek, transport vositalari haydovçilariga qulayliklar yaratuvçi quyidagi yangiliklar közda tutilgan:

  • haydovçilarga transport vositasini boşqarayotganda qöllarini işlatmasdan muloqot qiliş imkonini beruvçi minigarnituralar va boşqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalaniş huquqi berilmoqda. Şuningdek, transport vositasini boşqarayotganda telefondan foydalaniş huquqbuzarligini jazo qöllanilgandan söng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuçaytirilgan javobgarlik çorasi bekor qilinmoqda;
  • avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) örnatganlik uçun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda;
  • haydovçilarga, agarda ularning Özbekiston Respublikasida berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida bölsa, transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlarni, tex. pasportni, suğurta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boşqariş huquqi berilmoqda;

Bunda, uşbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi töxtatilgan joyda mustaqil tekşiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qiliş maqsadida Içki işlar vazirligiga kerakli integratsiya işlarini 2021 yil 1 dekabrga qadar yakunlaş vazifasi yuklatilmoqda.

Harakat tezligini ölçaşda, tezlikni ölçaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik körsatkiçlaridan qurilmalar tomonidan yöl qöyilişi mumkin bölgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib taşlaş böyiça qoida joriy etilmoqda.

×