Endi özbekistonliklar xorijga çiqişga taqiqni telefon orqali bilib olişlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi (DXA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanişiça, beş turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD sörovi yordamida foydalaniş imkoniyati yaratilgan.
Quyidagi xizmatlardan bir telefon tugmasi orqali foydalaniş mumkin:
• boğçaga navbat;
• ijro hujjati böyiça qarz;
• kadastr obʼektiga taqiq;
• xorijga çiqiş taqiqi;
• tadbirkorlar maʼlumoti.
Bu maʼlumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz va arizasiz oliş mumkin. Buning uçun telefon orqali *1148# USSD sörovini yuboriş va menyudan kerakli xizmat turini tanlaş kifoya. Sörov narxi 49 sömni taşkil etadi.
Xizmat hozirda sinov tariqasida yölga qöyilgan. Xizmatlar soni bosqiçma-bosqiç oşirib boriladi.









