Bugun, 27 iyun kuni Isroil harbiy-havo kuçlari Livan janubidagi “Hizbulloh” harakati tomonidan foydalanilgan yerosti obʼektiga aviazarbalar uyuştirdi. Bu haqda Isroil armiyasi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Isroil qiruvçilari Böfort tizmasi hududida joylaşgan va “Hizbulloh” tomonidan öt oçiş va mudofaa boşqaruvi uçun işlatilgan inşootga zarba bergan.
“Bu obʼekt “Hizbulloh”ning muhim yerosti loyihasining bir qismi bölib, Isroil armiyasi tomonidan amalga oşirilgan hujumlardan söng butunlay işdan çiqarildi. Armiya avvaldan bu obʼektni tiklaş böyiça “Hizbulloh” tomonidan körilgan urinişlarni aniqlab, u yerda terrorçilik infratuzilmasiga tegişli nişonlarga zarba berdi”, deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi uşbu obʼekt mavjudligi va uni tiklaş urinişlarini Isroil va Livan örtasidagi kelişuvlarning oçiq-oydin buzilişi deb baholagan.
“Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning bu obʼektda harakat qilişiga yöl qöymaydi va Isroil davlatiga har qanday tahdidni bartaraf etiş uçun harakatlarini davom ettiradi”, deyiladi xabarda.









