AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Ğazo sektoridagi harbiy harakatlarni yaqin ikki hafta içida tugatiş böyiça dastlabki kelişuvga erişdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Israel Hayom” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Tramp va Netanyaxu Eronning yadro obʼektlariga AQŞ tomonidan uyuştirilgan aviazarbalar ortidan telefon orqali muloqot ötkazgan. Suhbat davomida ular mojaroni tartibga soliş rejasining asosiy bandlari böyiça kelişib olgan.
Manbaga köra, muzokaralar yopiq eşiklar ortida ötgan va unda Isroil va AQŞ örtasidagi harbiy-siyosiy muvofiqlaştirişning yangi bosqiçi boşlangan.
Rasmiy tasdiq hozirça berilmagan, ammo Isroil matbuotining yozişiça, tomonlar kelgusi 14 kun içida Ğazodagi töqnaşuvlarni töxtatişga siyosiy irodasini bildirgan.
Naşrning yozişiça, Ğazoda uruş tugagaç, sektor törtta arab davlati, jumladan Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) va Misrga ötişi kutilmoqda.
Bu rejaga köra, Ğazo ustidan nazorat fuqarolik va xavfsizlik darajasida xalqaro va mintaqaviy iştirokçilar tomonidan amalga oşiriladi, uruşdan keyin esa mintaqada barqarorlik örnatilişiga umid qilinmoqda.
Isroil OAVlariga köra, Ğazo böyiça rejaning davomida Suriya va Saudiya Arabistoni ham “Ibrohim kelişuvlari” deb ataluvçi mintaqaviy tinçlik kelişuvlariga qöşilişi mumkin. Isroil esa buning evaziga falastinliklar bilan ziddiyatni ikki davlat printsipi asosida hal etişga tayyor böladi – biroq bu Falastinda içki islohotlar ötkazilişi şarti bilan amalga oşiriladi.
Şuningdek, AQŞ Ğarbiy Sohildagi yahudiylar yaşaydigan baʼzi hududlar ustidan Isroilning qisman suverenitetini tan olişga tayyor. Bu hududlar orasida Iudeya va Samariya mintaqalari ham bor.









