Özbekiston davlat qarzi 2025 yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Fuqarolar uçun byudjet” hisobotida keltirilgan.
Qayd etiliça, joriy yilda yangilangan hisob–kitoblarga köra, davlat qarzi 39,7 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.
“2025 yilga kelib, davlat qarzi 45,1 milliard dollarni yoki yalpi içki mahsulotga nisbatan 36,7 foizni taşkil qilişi prognoz qilinmoqda”, deyiladi vazirlik axborotida.
Maʼlum qilinişiça, 2024 yil yakunida davlat taşqi qarzini jalb qiliş böyiça yangidan imzolanadigan şartnomalar hajmi 5 milliard dollarni taşkil etadi. Şundan 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalariga, 2,5 milliard dollari byudjetni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
2025 yilda esa qariyb 5,5 milliard dollarlik davlat taşqi qarzini jalb qiliş rejalaştirilgan. Mazkur kredit mablağlarining 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalariga, 3 milliard dollari esa byudjetni qöllab-quvvatlaş uçun sarflanişi kutilmoqda.
Davlat qarzi böyiça prognozlar
2024 yil 1 iyul holatiga Özbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarni yoki yalpi içki mahsulotga nisbatan 33,2 foizni taşkil qilgan. Şundan davlat taşqi qarzi 30,9 milliard dollarga (YAIMning 27,7 foiziga teng), davlat içki qarzi 6,1 milliard dollarga (YAIMga nisbatan 5,5 foiz) yetgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi joriy yil 1 iyul holatiga davlat qarzi mablağlari quyidagi tarmoqlarga sarflanganini maʼlum qilgan:
- davlat byudjetini qöllab-quvvatlaş dasturlariga – 13 milliard dollar;
- energetika loyihalariga – 5,7 milliard dollar;
- qişloq va suv xöjaligi loyihalariga – 2,8 milliard dollar;
- transport loyihalariga – 2,7 milliard dollar;
- uy-joy kommunal xöjaligi loyihalariga – 2,7 milliard dollar;
- soğliqni saqlaş, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari loyihalariga – 2,3 milliard dollar;
- boşqa sohalarga – 1,7 milliard dollar.
Xalqaro valyuta jamğarmasi öz hisobotida Özbekiston davlat qarzi va mamlakatning umumiy taşqi qarzi bilan boğliq xatarlarni past darajada baholagan.
Oxirgi 5 yilda respublikada davlat qarzi miqdori yalpi içki mahsulotga nisbatan 30 foizdan yuqori darajada şakllanib kelmoqda. Prognozlarga qaralsa, bu tendentsiya davomli bölişi kutilmoqda. Jumladan, 2024 yil yakunida davlat qarzi YAIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025-2027 yillarda 36,7–37 foiz oraliğida bölişi prognoz qilingan. Byudjet qonunida davlat qarzining eng yuqori miqdori YAIMning yillik prognoz körsatkiçiga nisbatan 60 foizdan oşirilişiga yöl qöyilmasligi belgilangan.









