Rossiyada migrantlar bolalarining maktabga borişi taqiqlanişi mumkin

Rossiyada migrantlar bolalarining maktabga borişi taqiqlanişi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktablarga qabul qilişni taqiqlaş böyiça qaror loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqda Duma spikeri Vyaçeslav Volodin maʼlum qildi.

“Biz huquqni qöllaş sohasidagi zarur çoralarni tahlil qildik va hal qilinişi kerak bölgan muammoli masalalarga eʼtibor qaratdik. Qaror doirasida hukumatga mehnat migratsiyasi, şuningdek, migrantlar bilan kelayotgan ularning oila aʼzolariga oid takliflarni yöllaymiz. Vakolatli davlat organlari doirasida kompleks yeçimlarni işlab çiqişni taklif qilamiz”, dedi u.

Volodinga köra, qaror loyihasida migrantlar bolalarini maktablarga qabul qilişda Rossiya hududida xorijiy fuqarolarning qonuniy bölişini tekşiriş va rus tili bilimini sinovdan ötkaziş uçun testdan ötişni majburiy qiliş, şuningdek, rus tilini bilişni tasdiqlovçi hujjat bölmagan taqdirda umumtaʼlim taşkilotlariga qabul qilmaslik taklif etiladi.

“Şu munosabat bilan mazkur mavzu böyiça qonun loyihasi kiritiladi” dedi Duma raisi.

Bildirilişiça, deputatlar qaror loyihasini 20 noyabr kuni körib çiqadi.


Teglar:
×