Özbekiston va Gonkong örtasida özaro vizasiz tartib joriy etilişi kutilmoqda. Tomonlar hukumatlararo vizasiz rejim töğrisidagi bitimni tuziş niyatini tasdiqlovçi verbal notalar bilan almaşdi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, vazir Toşkent şahrida Gonkong maxsus maʼmuriy hududi administratsiyasi rahbari Jon Li Ka-çiu bilan uçraşgan.
Muzokaralar davomida investitsiyalar, moliya, raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt, transport va logistika sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan. Tomonlar Gonkongning yirik xalqaro moliya va biznes markazi sifatidagi tajribasi Özbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş va ilğor loyihalarni amalga oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlagan.
Şuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni kengaytiriş hamda yangi qöşma taşabbuslarni ilgari suriş masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.
Uçraşuv davomida özaro vizasiz rejimni örnatiş töğrisidagi hukumatlararo bitimni tuziş niyati böyiça verbal notalar almaşilgan. Qayd etilişiça, mazkur bitim imzolanişi fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, sayyohlik, biznes va gumanitar almaşinuvlarni faollaştirişga xizmat qiladi.









