Rossiyada ota-onasi xorij fuqarolari bölgan 638 174 nafar voyaga yetmagan bola bor va ularning yarmi maktablarga bormaydi. Bu haqda keça, 10 iyun kuni Rossiya Davlat dumasi deputatlarining söroviga javoban mamlakat Içki işlar vaziri örinbosari Igor Zubov maʼlum qildi.
“Ularning aksariyati öqimaydi, degan gap haqiqatga töğri kelmaydi, deb öylayman. Lekin, ehtimol, yarmisi qandaydir sabablarga köra bekor yuribdi”, deydi Zubov.
Şuningdek, u bunday bolalar soni kamayib borayotganini maʼlum qilgan. Zubovning aytişiça, Moskva şahrida 80 ming 282 nafar voyaga yetmagan xorijlik yaşaydi, ulardan faqat 25 ming nafari taʼlim olmoqda.
Bildirilişiça, keça, 10 iyun kuni Davlat dumasi deputatlari birinçi öqişda qonun loyihasini qabul qilgan. U böyiça hududiy va mahalliy taʼlim boşqarmalari migrant bolalar haqida Içki işlar vazirligining tegişli bölimlariga maʼlumot berişga majbur böladi.
Bu maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
- rus tilini biliş böyiça test natijalari;
- taʼlim muassasasiga qabul qilinişi yoki çiqarilişi haqidagi maʼlumotlar;
- nazorat ostidagi şaxslar reyestriga kiritilgan ota-onalarning maktabga qilgan murojaatlari haqidagi maʼlumotlar.
Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinning aytişiça, ikki oy içida til böyiça test öz “natijasini” bergan – maktabga murojaat qilganlarning faqat 4 foizi qabul qilingan. 22 may holatiga köra, test topşiriş uçun 2868 ta ariza topşirilgan va faqat 17 foiz, yaʼni 498 kişi imtihonga ruxsat olgan.









