Rossiya Içki işlar vazirligi (IIV) mamlakatning “ilğor rivojlaniş hududlarida” işlaydigan xorij fuqarolaridan rus tili, mamlakat tarixi va qonunçilik asoslarini bilişini tasdiqlaşni talab qilmaslikni taklif etdi. Tegişli loyiha federal portalda eʼlon qilindi.
Gap investitsiyalarni jalb qiliş uçun maxsus rejimga ega hududlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar va xizmat buyurtmaçilari haqida bormoqda.
Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi maʼlumotlariga köra, Uzoq Şarqda şunday 16 ta hudud amal qilmoqda, yana ikkitasi Arktika zonasida joylaşgan.
IIVning hisoblaşiça, imtihonlardan ozod qiliş iş beruvçilarga xorijlik mutaxassislarni tezroq jalb qilişga yordam beradi, şuningdek, uşbu hududlarning investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun yanada qulay şaroitlar yaratadi.









