Joriy yilning 29 yanvar kuni 12:10 larda Yangiyöl şahrida yaşovçi 2013 yilda tuğilgan, 1 sinf öquvçisi S.A. darsini tugatib maktabdan çiqqan vaqtida, uning yoniga nomaʼlum şaxs kelgan va u bilan suhbatlaşgan. Unga şirinlik olib berişini aytib, qölidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ular biroz yöl yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxaşa qilib yiğlay boşlagan. Şundan söng u qizga maktab sumkasini qaytarib bergan va özi yölda davom etgan. Uşbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks etgan.
Holat yuzasidan kelib tuşgan xabarga asosan şahar IIB tomonidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, suruştiruv işlari boşlangan.
Suruştiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan şaxsni tanimasligini maʼlum qilgan.
Hozirda uşbu şaxsning kimligini aniqlaş va holatga huquqiy baho beriş yuzasidan şahar IIB xodimlari tomonidan suruştiruv işlari davom ettirilmoqda.









