Toşkent metropolitening “Olmazor” bekatida 2008 yilda tuğilgan A.E.ga nisbatan behayo harakatlar sodir etgan şaxs qidiriuvga berilgani xabar qilingandi.
Içki işlar vazirligi Matbuot kotibi Şohruh Ğiyosovning maʼlum qilişiça, qidirilayotgan şaxs Toşkent şahrining Olmazor tumanida yaşovçi, 1989 y.t., fuqaro K.Ş. ekanligi aniqlanib, qölga olingan.
Maʼlum qilinişiça, u ilgari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonçilik), 169 (öğirlik) hamda 127 (voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiliş) moddalarida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun sudlangan.
Hozirda, IIV Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlaş departamenti tomonidan mazkur şaxsning harakatlarida voyaga yetmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etiş jinoyatining alomatlari mavjudligi tekşirilmoqda.









